Asosiy mazmunga o'tish
Masalalar LCG: yashirin chiqishlar va noma'lum modul
Kriptografiya Qiyin Chiziqli kongruent generator: noma'lum modul (gcd) va kub ildiz bilan tiklash 3 ta yechim

LCG: yashirin chiqishlar va noma'lum modul

Muallif: CyberSamSU
Ball
100

SamTicket shlyuzi har bir so'rov uchun RidGen generatoridan uchta chiqish oladi: birinchisi jurnalga rid= (8 ta hex raqam) sifatida yoziladi, qolgan ikkitasi ichki nonce'lar uchun ishlatiladi va jurnalda ko'rinmaydi. RidGen — s' = a*s + c (mod m) ko'rinishidagi chiziqli kongruent generator, m — noma'lum 31 bitli tub son (230 < m < 231), a, c ham noma'lum. Jurnalda rid faqat POST /api/ticket qatorlarida bor (boshqa qatorlarda -); tid= maydoni esa tashqi shlyuz generatoridan, RidGen ga aloqasi yo'q.

Jurnal oxirida sealed_backup — xizmat zaxira kalitini shifrlagan baytlar. Shifrlash: oxirgi jurnaldagi rid dan KEYINGI holatlar (ya'ni RidGen ning ketma-ket chiqishlari, bu so'rovning ikkita ichki nonce'idan boshlab, hech birini o'tkazib yubormasdan) olinadi va har bir holatning yuqori 8 biti (s >> 23) bayroqning mos baytiga XOR qilinadi: sealed[j] = flag[j] ^ (s_j >> 23).

Topshiriq: gateway_access.log dan generator parametrlarini tiklang, zaxira kalitini oching va bayroqni toping: BAYROQ{LCG_QAYTA_TIKLASH_xxxxxxxxxxxxxxxx} (oxirgi 16 belgi kichik hex).

Biriktirilgan fayllar
gateway_access.log Yuklab olish uchun kiring
Maslahatlar 3
Maslahat ochilsa, bu masalani yechganingizda beriladigan ball kamayadi.
1-maslahat −10 ball Kirish
2-maslahat −20 ball Kirish
3-maslahat −30 ball Kirish
Bayroq yuborish uchun tizimga kiring.

Birinchi yechganlar

1. Odam 25.11.2026
2. Mirjaxon Qaxxarov 25.11.2026
3. Jumanazarov Asilbek 26.11.2026