Asosiy mazmunga o'tish
Masalalar Vaqt chizig'i: hujum qayerdan boshlandi
Raqamli izquarlik O'rta DFIR vaqt chizig'i: MFT ($SI/$FN, timestomping), Prefetch va brauzer yuklamalarini birlashtirish 3 ta yechim

Vaqt chizig'i: hujum qayerdan boshlandi

Muallif: CyberSamSU
Ball
55

Moliya bo'limi ish stansiyasida yangi rejalashtirilgan vazifa \Windows\System32\Tasks\SamUpdateSvc paydo bo'ldi — doimiylik (persistence) belgisi. Triaj paketi triage.zip sizda. Hujum qaysi brauzer yuklamasidan boshlanganini aniqlang.

Paket ichida to'rtta CSV bor:

  • mft.csv — MFT eksporti: $STANDARD_INFORMATION (si_*) va $FILE_NAME (fn_*) vaqtlari, hammasi UTC, YYYY-MM-DD HH:MM:SS.fffffff;
  • prefetch.csv — Prefetch: ishga tushirishlar (last_run_local va previous_runs_local) mahalliy vaqtda (UTC+05:00), files_referenced — ishga tushish paytida yuklangan fayllar;
  • chrome_downloads.csv va chrome_history.csv — Chromium brauzeri: start_time/end_time/visit_time WebKit formatida (1601-01-01 UTC dan mikrosekundlar).

Qoida: hujum zanjirining boshlanishi — brauzer orqali yuklangan, so'ng ochilgan va ichidagi skript ishga tushirilib, SamUpdateSvc vazifasigacha olib kelgan arxiv. Hujumchi dropperning $SI vaqtlarini soxtalashtirgan bo'lishi mumkin; yuklamalar orasida zanjirga aloqasi yo'qlari ham bor. Yuklangan arxiv fayl nomida 16 belgili kichik hex kod bor. Bayroq: BAYROQ{VAQT_CHIZIGI_ + shu 16 belgi + }.

Biriktirilgan fayllar
triage.zip Yuklab olish uchun kiring
Maslahatlar 3
Maslahat ochilsa, bu masalani yechganingizda beriladigan ball kamayadi.
1-maslahat −5 ball Kirish
2-maslahat −11 ball Kirish
3-maslahat −16 ball Kirish
Bayroq yuborish uchun tizimga kiring.

Birinchi yechganlar

1. Odam 25.11.2026
2. Mirjaxon Qaxxarov 25.11.2026
3. Asmaa Mottery 26.11.2026