Asosiy mazmunga o'tish
Masalalar Bulut IAM: siyosat kengligi va AssumeRole zanjiri
Misc Qiyin CloudTrail AssumeRole zanjiri va IAM siyosatlarini (NotAction, Condition) baholash 3 ta yechim

Bulut IAM: siyosat kengligi va AssumeRole zanjiri

Muallif: CyberSamSU
Ball
85

SOC jamoasi AWS hisobida korporativ tarmoqdan (10.20.0.0/16) tashqaridagi noma'lum IP manzildan sizib chiqqan statik AKIA... kaliti bilan MFA'siz kirish amalga oshirilganini aniqladi. Hisobda CloudTrail faqat Management Events (boshqaruv tekisligi: sts:AssumeRole va IAM/boshqaruv chaqiruvlari) uchun yoqilgan bo'lib, S3 Data Events jurnallari yozilmagan.

Sizga cloud_iam_audit.zip paketi berilgan:

  • cloudtrail/events.json.gz — CloudTrail Records jurnali (korporativ fon trafigi va hujumchi harakatlari);
  • iam/policies_snapshot.json — IAM foydalanuvchilari, rollari (Tags, TrustPolicy, AttachedPolicies, InlinePolicies), boshqariladigan siyosatlar (ManagedPolicies) va S3 BucketPolicies;
  • s3_objects/<bucket>/<key>.b64 — S3 obyektlarining base64 kodlangan JSON nusxalari (ichida ko'plab aldovchi tokenlar bor).

Vazifa: avval CloudTrail jurnalidan tashqi IP dan MFA'siz amalga oshirilgan muvaffaqiyatli sts:AssumeRole zanjirini (responseElements.credentials.accessKeyId -> userIdentity.accessKeyId) kuzatib, hujumchi egallagan rollar va sessiya kontekstini (aws:SourceIp, aws:MultiFactorAuthPresent, aws:PrincipalTag/clearance) aniqlang. So'ngra AWS IAM baholash qoidalari bo'yicha (Explicit Deny > Explicit Allow > Implicit Deny, wildcard *, NotAction, Condition operatorlari: StringEquals, StringNotEquals, StringLike, Bool, IpAddress, NotIpAddress) rol va bucket siyosatlarini baholab, hujumchi s3:GetObject bilan o'qiy olgan yagona S3 obyektini toping. Obyektni base64 dan oching va audit_token qiymatini oling. Bayroq formati: BAYROQ{...} (oxirgi 16 belgi — kichik o'n oltilik raqamlar).

Biriktirilgan fayllar
cloud_iam_audit.zip Yuklab olish uchun kiring
Maslahatlar 3
Maslahat ochilsa, bu masalani yechganingizda beriladigan ball kamayadi.
1-maslahat −8 ball Kirish
2-maslahat −17 ball Kirish
3-maslahat −25 ball Kirish
Bayroq yuborish uchun tizimga kiring.

Birinchi yechganlar

1. Odam 25.11.2026
2. Mirjaxon Qaxxarov 25.11.2026
3. Asmaa Mottery 27.11.2026