Asosiy mazmunga o'tish
Masalalar npm ta'minot zanjiri
Xonalar Ekspert Typosquat paket, lock integrity va ko'p qatlamli JS bosqichlar 5 ta yechim

npm ta'minot zanjiri

Muallif: CyberSamSU
Ball
200

Xona: npm ta'minot zanjiri. To'lov portali (payments-portal) CI agenti build #4821 vaqtida .invalid zonasiga g'alati DNS so'rovlari yubordi. Ayblanayotgan paket — lodahs (lodash ning typosquat'i). Ichki mirror'dan ikki nusxa saqlangan, CI'ga qaysi biri tushgani noma'lum.

supply_case.zip: incident_note.txt, app/package.json va app/package-lock.json, mirror-a/ va mirror-b/ (har birida lodahs-4.17.21.tgz), cdn/s/*.bin (tashqi "CDN" ning arxivlangan nusxasi), ci/install.log. Barcha JS kod faqat ma'lumotni ochadi; uni ishga tushirish shart emas (va tavsiya etilmaydi) — statik tahlil yetadi.

Vazifa 1. package-lock.json dagi lodahs yozuvi integrity (sha512-<base64>) ni belgilaydi. Ikkala .tgz ning sha512 sini hisoblab, CI'ga haqiqatda tushgan nusxani aniqlang. Ikkinchisi — boshqa kampaniya nusxasi (aldovchi).

Vazifa 2. Tanlangan tarball'ning package.json da postinstall qaysi skriptni ishga tushiradi? U skript obfuskatsiyalangan (satrlar massivi + aylantirish + base64 + hex-escape). Undan host, id, xorkey va cid qiymatlarini tiklang (module.exports ga qarang; ishlatilmaydigan o'zgaruvchilar — shovqin).

Vazifa 3. Skriptdagi _0xdec funksiyasi ikkinchi bosqich faylini qanday ochishini ko'rsatadi. cdn/s/<id>.bin ni toping va ochib, ikkinchi bosqich JS matnini oling.

Vazifa 4. Ikkinchi bosqich konfiguratsiyasida ep (exfil endpoint) va XOR bilan yashirilgan token bor. Kalit — birinchi bosqichda process.env.LDH_CID ga yozilgan qiymat. Token — xona bayrog'i.

Bayroq formati: BAYROQ{NPM_TAMINOT_xxxxxxxxxxxxxxxx} (oxirgi 16 belgi — kichik hex). Aldovchi tarball ham xuddi shu formatdagi "token" beradi — faqat lock bilan mos nusxa to'g'ri.

Biriktirilgan fayllar
supply_case.zip Yuklab olish uchun kiring
Maslahatlar 3
Maslahat ochilsa, bu masalani yechganingizda beriladigan ball kamayadi.
1-maslahat −20 ball Kirish
2-maslahat −40 ball Kirish
3-maslahat −60 ball Kirish
Bayroq yuborish uchun tizimga kiring.

Birinchi yechganlar

1. Mirjaxon Qaxxarov 25.11.2026
2. Odam 25.11.2026
3. AGENT X 26.11.2026
4. Asmaa Mottery 27.11.2026
5. 𝖛𝖊𝖑𝖐𝖆𝖓 28.11.2026