Asosiy mazmunga o'tish
Masalalar Xona: To'lov dasturi
Xonalar O'rta Ransomware tahlili: zaif kalit hosil qilish (hostname + vaqt), RC4 va OOXML tuzilishi 4 ta yechim

Xona: To'lov dasturi

Muallif: CyberSamSU
Ball
60

Xona senariysi. Kompaniya buxgalteriya kompyuterida fayllar .locked kengaytmasi bilan qulflandi. Hujumchining talabi — to'lov, lekin hodisaga javob guruhi namunani (ransom.py) topgan. Mutaxassislar buni zaif kalit hosil qilish deb baholadi: kalit tasodifiy emas. Sizning vazifangiz — kalitni tiklab, moliyaviy hisobotni (finance.xlsx) shifrdan chiqarish va ichidagi auditorlik kodini topish.

ransom_case.tar ichida: evidence/*.locked (qulflangan fayllar; sarlavha — 4 bayt SMX1, undan keyin shifrlangan baytlar), README_DECRYPT.txt, var/tmp/.svc/ransom.py (namuna manbasi), var/log/syslog (mahalliy vaqt, mintaqa etc/timezone da), etc/hostname. Tar fayllarining mtime qiymatlari UNIX (UTC) vaqtida.

Vazifalar (javob yuborilmaydi, har biri oldingisiga tayanadi):

  1. Vazifa 1. ransom.py kalitni qanday hosil qiladi? Qaysi xeshdan, qaysi qismi, qaysi shifr (rc4) ishlatilgan?
  2. Vazifa 2. Shifrlash qachon boshlandi? syslog dan ransom.py ni ishga tushirgan CRON qatorini toping (mintaqani hisobga oling), namuna ishdan oldin kutishini (sleep) va .locked fayllarning tar mtime qiymatlarini solishtirib, time.time() qiymati joylashgan oynani toping.
  3. Vazifa 3. Oynadagi har bir soniya uchun kalitni hisoblang va finance.xlsx.locked ni ochib ko'ring: to'g'ri kalitda natija PK\x03\x04 (ZIP) bilan boshlanadi.
  4. Vazifa 4. finance.xlsx (ZIP) ichida xl/sharedStrings.xml bor. Audit varag'idagi escrow_ref yorlig'i yonidagi qiymat — bayroq. Boshqa satrlar (eski/yetim) aldovchi.

Bayroq formati BAYROQ{...} (oxirgi 16 belgi kichik o'n oltilik). Hostname — etc/hostname dagi qiymat.

Biriktirilgan fayllar
ransom_case.tar Yuklab olish uchun kiring
Maslahatlar 3
Maslahat ochilsa, bu masalani yechganingizda beriladigan ball kamayadi.
1-maslahat −6 ball Kirish
2-maslahat −12 ball Kirish
3-maslahat −18 ball Kirish
Bayroq yuborish uchun tizimga kiring.

Birinchi yechganlar

1. Mirjaxon Qaxxarov 25.11.2026
2. Odam 25.11.2026
3. Asmaa Mottery 25.11.2026
4. 𝖛𝖊𝖑𝖐𝖆𝖓 28.11.2026