Asosiy mazmunga o'tish
Masalalar Xona: Fishing zanjiri
Xonalar O'rta Fishing tahlili: .eml sarlavhalari, HTML smuggling, VBScript/HTA va PowerShell -enc zanjiri 4 ta yechim

Xona: Fishing zanjiri

Muallif: CyberSamSU
Ball
55

Xona senariysi. Kompaniya xodimiga "shoshilinch hisob-faktura" haqida xat keldi; u ilovani brauzerda ochgan va ortidan kompyuteri g'alati ishlay boshlagan. Xodimning pochta qutisidan 3 ta xat .eml ko'rinishida olingan. Siz zararli dastur tahlilchisisiz — hammasi statik tahlil: hech narsani ishga tushirmaysiz.

phish_case.zip ichida inbox/*.eml (3 ta xat) va notes.txt bor. Xatlardagi skriptlar faqat .invalid domenlarga murojaat qiladi (simulyatsiya).

Vazifalar (javob yuborilmaydi, har biri oldingisining natijasiga tayanadi):

  1. Vazifa 1. Uch xatdan qaysi biri fishing? Authentication-Results, Return-Path, From va Reply-To sarlavhalarini solishtiring (SPF/DKIM/DMARC natijasi nima deydi?).
  2. Vazifa 2. Fishing xatdagi ilova nima va u zararli yukni qanday yetkazadi? HTML smuggling: JS massivi bo'laklari qanday tartibda yig'iladi, atob dan keyin qanday fayl (.hta) hosil bo'ladi?
  3. Vazifa 3. .hta (VBScript) ichida PowerShell buyrug'i qanday yig'iladi? -enc argumenti bo'laklarining ulanish tartibi (ular boshqa tartibda e'lon qilingan). Uni dekodlang (-EncodedCommand — UTF-16LE base64).
  4. Vazifa 4. PowerShell skriptida ikkinchi bosqich manzili va X-Auth sarlavhasi bor. Token XOR bilan yashirilgan: sarlavhada haqiqatan ishlatiladigan o'zgaruvchini kuzating (eski kampaniyaning tokeni ham skriptda turibdi). Tokenni oching — bu bayroq.

Bayroq formati BAYROQ{...} (oxirgi 16 belgi kichik o'n oltilik). Qonuniy hamkor xatidagi ilova ham shunga o'xshash ko'rinadi — birinchi vazifani to'g'ri hal qiling.

Biriktirilgan fayllar
phish_case.zip Yuklab olish uchun kiring
Maslahatlar 3
Maslahat ochilsa, bu masalani yechganingizda beriladigan ball kamayadi.
1-maslahat −5 ball Kirish
2-maslahat −11 ball Kirish
3-maslahat −16 ball Kirish
Bayroq yuborish uchun tizimga kiring.

Birinchi yechganlar

1. Mirjaxon Qaxxarov 25.11.2026
2. Odam 25.11.2026
3. Asmaa Mottery 25.11.2026
4. 𝖛𝖊𝖑𝖐𝖆𝖓 28.11.2026