Asosiy mazmunga o'tish
Masalalar Xona: Veb SQLi izlari
Xonalar O'rta Veb jurnal tahlili: boolean-based blind SQL injection (bisection) izlarini tiklash 4 ta yechim

Xona: Veb SQLi izlari

Muallif: CyberSamSU
Ball
50

Xona senariysi. Internet-do'kon shop.example.uz tunda ma'lumotlar bazasi so'rovlarining g'alati ko'payishini sezdi. WAF yo'q, ilova jurnali esa o'chirilgan — faqat nginx access.log (combined format) qolgan. Hujumchi product.php?id= parametridagi boolean-based blind SQL injection orqali bazadan ma'lumot sug'urgan. Sizning vazifangiz — u aynan nimani olganini jurnalning o'zidan tiklash.

Sizga incident.zip berilgan: access.log (~3000 qator, shovqin ko'p) va ilovaning app_schema.sql sxemasi (jadvallar va foydalanuvchilar ro'yxati, kalitlar yo'q).

Blind SQLi'da server ma'lumotni to'g'ridan-to'g'ri qaytarmaydi: hujumchi ORD(MID((SELECT ...),N,1))>K kabi savollar beradi va javob hajmi (bytes) orqali "ha/yo'q"ni ajratadi. Belgi kodi ikkilik qidiruv (bisection) bilan topiladi.

Vazifalar (javob yuborilmaydi, har biri oldingisiga tayanadi):

  1. Vazifa 1. Hujumchi IP'sini va ishlatilgan vositalarni (User-Agent) toping. Normal sahifa, AND 1=1 va AND 1=2 so'rovlari javob hajmlari qanday? Qaysi hajm "true", qaysi biri "false"?
  2. Vazifa 2. Hujumchi nechta turli qiymatni sug'urdi? Har bir SELECT ichidagi jadval, ustun va shart nima? app_schema.sql dan foydalanib, qaysi biri admin foydalanuvchisining api_key qiymatiga tegishli ekanini aniqlang (diqqat: admin_old boshqa rol).
  3. Vazifa 3. Admin kalitining har bir pozitsiyasi uchun ikkilik qidiruv so'rovlarini (URL-kodlash, +, /**/ aralash) tahlil qilib, belgi kodini tiklang. Faqat HTTP 200 javoblari va hajmi true/false'ga mos kelganlari hisobga olinadi (rate-limit, "texnik ish" sahifalari va qayta yuborishlarga e'tibor bering).
  4. Vazifa 4. Tiklangan qator — adminning api_key qiymati. U bayroq: BAYROQ{...} (oxirgi 16 belgi kichik o'n oltilik).
Biriktirilgan fayllar
incident.zip Yuklab olish uchun kiring
Maslahatlar 3
Maslahat ochilsa, bu masalani yechganingizda beriladigan ball kamayadi.
1-maslahat −5 ball Kirish
2-maslahat −10 ball Kirish
3-maslahat −15 ball Kirish
Bayroq yuborish uchun tizimga kiring.

Birinchi yechganlar

1. Mirjaxon Qaxxarov 24.11.2026
2. Asmaa Mottery 24.11.2026
3. Odam 25.11.2026
4. 𝖛𝖊𝖑𝖐𝖆𝖓 28.11.2026