Telegram: tahrirlangan izlar
Ichki tekshiruv davomida Telegram Desktop dasturi orqali olingan chatlar eksporti — result.json taqdim etildi. Eksportda ikkita guruh mavjud: OrientSec DevOps (asosiy ishchi guruh) va Arxiv va Monitoring (xabarlar nusxasi forward qilinadigan yordamchi guruh).
Gumonlanuvchi xodim OrientSec DevOps guruhiga bir nechta [PKT-XXXX] identifikatorli telemetriya paketlarini yuborgan. Ularning barchasi yuborilgan zahoti navbatchi tomonidan Arxiv va Monitoring guruhiga forward qilingan. Keyinchalik gumonlanuvchi haqiqiy maxfiy kod bo'laklarini o'z ichiga olgan 4 ta xabarini asosiy guruhda tahrirlab (edited), ichidagi hex bloklarni soxta qiymatlarga almashtirib qo'ygan (qolgan tahrirlanmagan xabarlar esa oddiy sinov shovqinidir).
result.json faylini tahlil qiling: asosiy guruhda gumonlanuvchi tomonidan tahrirlangan 4 ta xabarning [PKT-XXXX] identifikatorlarini va ularning asl yuborilgan vaqtini (date_unixtime) aniqlang, so'ng Arxiv va Monitoring guruhidagi forward qilingan nusxalaridan ularning tahrirlanishdan oldingi hex bo'laklarini toping. Bo'laklarni asl yuborilgan vaqti bo'yicha o'sish tartibida birlashtirib, hex dekodlash orqali BAYROQ{TELEGRAM_EKSPORT_...} ni tiklang. (Eslatma: bayroqning oxirgi 16 ta belgisi kichik o'n oltilik raqamlardir).