Asosiy mazmunga o'tish
Masalalar Veb-arxiv: CDX vaqt chizig'i
OSINT O'rta OSINT: Wayback Machine CDX indeksi va tarixiy robots.txt o'zgarishlari tahlili 2 ta yechim

Veb-arxiv: CDX vaqt chizig'i

Muallif: CyberSamSU
Ball
45

orient-tech.example kompaniyasi saytining 2019–2025 yillar oralig'idagi veb-arxiv nusxalari archive.zip faylida taqdim etildi. Arxiv ichida Wayback Machine standartidagi cdx.txt indeks jadvali (7 ustun: urlkey timestamp original mimetype status digest length) hamda snapshots/<digest>.body ko'rinishida saqlangan sahifa mazmunlari joylashgan.

Kompaniya saytidagi /team.html sahifasi keyinchalik o'chirib tashlangan (404), biroq uning eski nusxasida qaysi yilgi migratsiya paytida yashirin ichki sahifa vaqtincha /robots.txt fayliga qo'shilgani haqida izoh qolgan. Keyingi yillardagi auditdan so'ng o'sha yashirin sahifadagi haqiqiy token o'chirilib, o'rniga aldovchi (honeypot) tokenlar yozib qo'yilgan.

Sizning vazifangiz: cdx.txt indeksini tahlil qilib, migratsiya yilidagi /robots.txt o'zgarishidan yashirin sahifa yo'lini topish, so'ng aynan o'sha sahifaning eng eski (birinchi 200 OK) snapshot'ini ochib, JavaScript izohidagi Base64 tokenni dekodlash orqali BAYROQ{ARXIV_VAQT_...} bayrog'ini aniqlashdir. (Eslatma: bayroqning oxirgi 16 ta belgisi kichik o'n oltilik raqamlardir).

Biriktirilgan fayllar
archive.zip Yuklab olish uchun kiring
Maslahatlar 3
Maslahat ochilsa, bu masalani yechganingizda beriladigan ball kamayadi.
1-maslahat −4 ball Kirish
2-maslahat −9 ball Kirish
3-maslahat −13 ball Kirish
Bayroq yuborish uchun tizimga kiring.

Birinchi yechganlar

1. Mirjaxon Qaxxarov 24.11.2026
2. Odam 25.11.2026