Home Assistant sirlari
Aqlli bino boshqaruv serveridan Home Assistant tizimining tungi zaxira nusxasi olindi: backup.tar. Arxiv ichida configuration.yaml, secrets.yaml va .storage/ katalogi mavjud.
Home Assistant'da maxfiy kalitlar configuration.yaml ichida to'g'ridan-to'g'ri yozilmasdan, !secret <kalit_nomi> direktivasi orqali secrets.yaml fayliga bog'lanadi. Administrator secrets.yaml ichida o'ndan ortiq eski, sinov va zaxira kalitlarni qoldirib ketgan (ularning har biri base64 kodlangan bayroq ko'rinishiga ega, biroq faqat bittasi haqiqiy!).
configuration.yaml faylini tahlil qilib, izohga olinmagan (faol) samsu_iot_bridge integratsiyasining api_token: !secret ... kalit nomini aniqlang, so'ng secrets.yaml dan aynan shu kalit qiymatini topib, base64 dekodlash orqali BAYROQ{...} ni oling. (Bayroq formati: BAYROQ{HOME_ASSISTANT_SIR_<16 kichik hex>}).