Asosiy mazmunga o'tish
Masalalar Mantiq sxema
Hardware Imkonsiz Gate-level netlist qulf: tuzilmani tiklab teskari hisoblash 3 ta yechim

Mantiq sxema

Muallif: CyberSamSU
Ball
450

Elektron qulf kontrollerining sintez natijasi qo'lga tushdi: lock.v — strukturaviy Verilog, atigi primitivlar (and, or, xor, not va assign ... ? : multiplekser). Bir necha ming gate, tarmoq nomlari tasodifiy (n1234), gate'lar aralashtirib yozilgan. Kirish — 64 bitli key[63:0]; qulf relesi unlock chiqishiga ulangan.

Dizayn hujjatidan faqat umumiy sxema ma'lum: 4 raund; har raund — 16 ta 4 bitli S-box qatlami (har S-box bijektsiya, lekin turlicha, gate'larga yoyilgan va aralashtirilgan), keyin bit permutatsiyasi va doimiy bilan XOR (NOT gate'lar). Oxirida 64 bitli tenglik solishtiruvchisi. 264 kalitni sinab ko'rish imkonsiz.

unlock ni 1 qiladigan kalitni toping. Kalit — bayroqdagi 16 ta hex belgining 64 bitli qiymati (key[63] — birinchi hex belgining eng katta biti): BAYROQ{MANTIQ_SXEMA_<16 ta kichik hex>}. Diqqat: fayldagi boshqa chiqish qulfning haqiqiy kaliti bilan bog'liq emas.

Biriktirilgan fayllar
lock.v Yuklab olish uchun kiring
Maslahatlar 3
Maslahat ochilsa, bu masalani yechganingizda beriladigan ball kamayadi.
1-maslahat −45 ball Kirish
2-maslahat −90 ball Kirish
3-maslahat −135 ball Kirish
Bayroq yuborish uchun tizimga kiring.

Birinchi yechganlar

1. Mirjaxon Qaxxarov 24.11.2026
2. Odam 25.11.2026
3. AGENT X 28.11.2026