Masalalar
DNS tunnel: buxgalteriya hisoboti
Raqamli izquarlik
Qiyin
DNS tunnelni ajratish: DHCP -> xost, TXT kalit, base32 bo'laklar, ikki domen, XOR + zlib
3 ta yechim
DNS tunnel: buxgalteriya hisoboti
Muallif: CyberSamSU
Ball
95
SamSU buxgalteriyasidagi tarmoqda (10.30.x.0/24, .1 — shlyuz, DHCP va DNS resolver bitta qurilmada) SOC tungi DNS so'rovlar sonining keskin oshganini sezdi. Kommutatorning SPAN portidan dns.pcap yozib olindi. Gumon: buxgalter kompyuteri BUX-PC-07 maxfiy hisobotni DNS orqali tashqariga sizdirgan. Tarmoqda shunga o'xshab ishlayotgan yana bir xost (BUX-PC-11) ham bor — u bilan adashmang.
Tahlilchining dastlabki xulosalari:
- xostlar IP manzillarini DHCP orqali olgan — IP'lar yozuvning boshida beriladi, kompyuter nomi esa DHCP so'rovda (option 12) turadi;
- tunnel mijozi seans boshida resolver orqali "hello" so'rovini yuboradi va TXT javobida 8 baytlik kalitni (base64) oladi;
- hisobot avval zlib bilan siqilgan, so'ng shu kalit bilan takroriy XOR qilingan, 25 baytlik bo'laklarga bo'lingan va har bir bo'lak base32 (RFC 4648, kichik harf, to'ldirgichsiz) bilan so'rov nomining yorlig'iga joylangan;
- mijoz ikkita domen bilan ishlaydi: asosiy domen javob bermay qolsa, zaxira domenga o'tib, bo'laklarni qayta yuboradi; paketlar tartibsiz kelishi va ba'zi bo'laklar takrorlanishi mumkin;
- oddiy trafikda ham TXT so'rovlari (SPF/DMARC) va uzun tasodifiy nomli CDN yozuvlari bor — ular tunnel emas.
BUX-PC-07 yuborgan hisobotni tiklang. Hisobot oxirida ikkita imzo bor: joriy va eski (bekor qilingan); kerakli bayroq — joriy imzo. Bayroq formati: BAYROQ{...} (oxirgi 16 belgi — kichik o'n oltilik raqamlar).
Biriktirilgan fayllar
dns.pcap
Yuklab olish uchun kiring
Nazariya: mavzuni o'rganing
Bayroq yuborish uchun tizimga kiring.