Asosiy mazmunga o'tish
Masalalar Fragmentlar
Raqamli izquarlik Ekspert AIFT-2026 16 ta yechim

Fragmentlar

Muallif: CyberSamSU
Ball
200

Ulug'bek rasadxonasining dala qurilmasi OBS-FIELD-07 USB xotirasidan to'liq nusxa olingan. 2026-yil 2-noyabr tunida texnik 1-kameradan 0412-sonli kalibrovka kadrini olgan; kadrga rasadxonaning bir martalik kodi katta harflar bilan yozilgan. So'ng texnik kadrlarni o'chirib tashlagan. Suratga olish paytida qurilma bir marta o'chib-yonib qolgan.

Sizda: disk.img.gz (MBR + FAT32 nusxasi, ochilganda ~34 MB) va qisqa ish yozuvi CASE_NOTE.md (qurilma qanday yozadi, nimani qidirish). Oddiy «undelete» va carving vositalari bu kadrdan faqat buzuq fayl beradi. Aldamchi kadrlar ham bor — faqat 0412-kadr, 1-kamera hisobga olinadi.

Kadrni to'liq tiklang va undagi yozuvni o'qing. Bayroq formati: AIFT{...} (kichik harflar, raqamlar va _). Nusxalar bilan ishlang.

Biriktirilgan fayllar
disk.img.gz Yuklab olish uchun kiring
CASE_NOTE.md Yuklab olish uchun kiring
SHA-256 nazorat summalari
disk.img.gz: 159de8365d1544014ac639eb2d280066d5286f245baefba58b81ad7df77d4d87
CASE_NOTE.md: 95f1df4c0fdf11db9b1c1a68804ca587f45456b0e4a8f2d700f93202c1ec6aa8
Maslahatlar 2
Maslahat ochilsa, bu masalani yechganingizda beriladigan ball kamayadi.
1-maslahat −25 ball Kirish
2-maslahat −55 ball Kirish
Bayroq yuborish uchun tizimga kiring.

Birinchi yechganlar

1. Noxr 12.11.2026
2. Sherqobil Ishqobilov 12.11.2026
3. SECRE 12.11.2026
4. robbengut 12.11.2026
5. redjohn 12.11.2026
6. arcanum 12.11.2026
7. sardor 12.11.2026
8. MrDrakula 12.11.2026
9. z1ppo 12.11.2026
10. murad_coder 12.11.2026