Asosiy mazmunga o'tish
Masalalar RAG-chatbot: bilvosita prompt-inyeksiya izi
AI O'rta LLM/RAG xavfsizligi: bilvosita prompt-inyeksiya va tool orqali ma'lumot sizishi 2 ta yechim

RAG-chatbot: bilvosita prompt-inyeksiya izi

Muallif: CyberSamSU
Ball
50

Universitetning 'SamSU Yordamchi' RAG-chatboti (bilim bazasidan hujjat qidirib javob beradi, search_kb, fetch_url, create_ticket vositalaridan foydalanadi) maxfiy INTERNAL_SERVICE_KEY sizdirgan degan shubha bor. Log tizimi kalit qiymatini tizim promptida yashirgan ([REDACTED-IN-LOG]), lekin boshqa joylarda iz qolgan bo'lishi mumkin. Sizda sakkizta sessiyaning to'liq jurnali: chat_log.jsonl.

Format: har qatorda bitta JSON hodisa: t, sid (sessiya), seq, role (system, user, retrieval — docs ro'yxati bilan: id, source, text..., assistant, tool_call — name, args, call_id, tool_result — status va output).

Topshiriq: (1) qaysi sessiyada va qaysi qidirilgan hujjat orqali bilvosita prompt-inyeksiya amalga oshganini toping; (2) bot kalitni qanday sizdirganini aniqlang (hujjatdagi yashirin ko'rsatma kodlash usulini ham ko'rsatadi); (3) production muhitida haqiqatan sizib chiqqan kalitni tiklang — bu kalit bayroqning o'zi: BAYROQ{PROMPT_INYEKSIYA_LOG_xxxxxxxxxxxxxxxx} (oxirgi 16 belgi kichik hex). Ehtiyot bo'ling: jurnalda inyeksiyaga o'xshash boshqa matnlar va muvaffaqiyatsiz urinishlar ham bor.

Biriktirilgan fayllar
chat_log.jsonl Yuklab olish uchun kiring
Maslahatlar 3
Maslahat ochilsa, bu masalani yechganingizda beriladigan ball kamayadi.
1-maslahat −5 ball Kirish
2-maslahat −10 ball Kirish
3-maslahat −15 ball Kirish
Bayroq yuborish uchun tizimga kiring.

Birinchi yechganlar

1. Odam 25.11.2026
2. Mirjaxon Qaxxarov 25.11.2026