BloodHound: Domain Admins gacha yo'l
Vazifa 1 — Ma'lumotni tushunish. Red-team mashqi paytida samsu.local domenidan SharpHound yig'gan ma'lumotlar bloodhound_data.zip ga solindi: users.json, groups.json, computers.json, domains.json (fayl nomlari sana prefiksiga ega). Har bir obyekt ObjectIdentifier (SID) va Properties ga ega. BloodHound'ni o'rnatmasdan, grafni o'zingiz qurasiz.
Vazifa 2 — Qirralar. Hujumchi B.TOSHMATOV@SAMSU.LOCAL hisobini kompromat qildi. Quyidagi qirralargina nazorat beradi (A -> B ma'nosi: A hisobini egallagan odam B ga ham ega bo'ladi):
MemberOf a'zo -> guruh groups.json: Members
ACL prinsipal -> obyekt <obyekt>.Aces: PrincipalSID + RightName, faqat:
foydalanuvchi uchun: GenericAll, GenericWrite, WriteDacl, Owns, ForceChangePassword
guruh uchun: GenericAll, GenericWrite, WriteDacl, Owns, AddMember
AdminTo prinsipal -> kompyuter computers.json: LocalAdmins.Results
HasSession kompyuter -> foydalanuvchi computers.json: Sessions.Results (UserSID)
Boshqa huquqlar (GenericRead, ReadControl, ReadProperty, ListChildren va hokazo) nazorat bermaydi. Yo'ldagi har bir tugunda enabled = true bo'lishi shart: o'chirilgan hisob yoki kompyuter orqali o'tib bo'lmaydi.
Vazifa 3 — Yo'l. DOMAIN ADMINS@SAMSU.LOCAL guruhiga eng kam qirra bilan yetuvchi yo'lni toping (yo'lning oxirgi qirrasi shu guruhga kiradi: a'zolik yoki guruhni boshqarish). Graf shovqinli: qisqa ko'ringan, lekin yaroqsiz yo'llar ham, yaroqli lekin uzunroq yo'llar ham bor.
Vazifa 4 — Bayroq. Yo'lning Domain Admins'dan oldingi oxirgi hisobi (foydalanuvchi) description maydonida 'Zaxira kaliti (base64)' yozuvi qoldirgan. Boshqa hisoblarda ham shunga o'xshash yozuvlar bor — faqat shu yo'l hisobi sizniki. Bayroq formati: BAYROQ{...} (oxirgi 16 belgi — kichik o'n oltilik raqamlar).