Bosh sahifa CTF Nima? CTF Masalalari Musobaqalar Reyting Nishonlar Kriptografik uskunalar O'rganish Simulyatorlar Loyihalar Haqida
Tizimga kirish
Til
UZ RU EN
Mavzu tanlash
Masalalar CTR: blok shifridan oqim shifri
Kriptografiya O'rta Blok rejimlari 4 ta yechim

CTR: blok shifridan oqim shifri

Muallif: CyberSamSU
Ball
40

CTR (Counter) rejimi blok shifrini oqim shifriga aylantiradi. Bunda ochiq matn umuman shifrlanmaydi! Buning o'rniga nonce || hisoblagich bloklari shifrlanib kalit oqimi (keystream) hosil qilinadi, so'ng ochiq matn shu oqim bilan XOR qilinadi.

Natijada: (1) to'ldirish (padding) umuman kerak emas — xabar ixtiyoriy uzunlikda bo'lishi mumkin; (2) shifrlash va deshifrlash aynan bir xil amal; (3) deshifrlash uchun blok shifrining teskari funksiyasi kerak emas — faqat to'g'ri (encrypt) yo'nalishi ishlatiladi.

Bu masalada hisoblagich bloki quyidagicha yig'ilgan:

blok_i = nonce (8 bayt) || i (8 bayt, big-endian), i = 0, 1, 2, ...
keystream = AES-ECB-encrypt(kalit, blok_0) || AES-ECB-encrypt(kalit, blok_1) || ...
shifrmatn = ochiq_matn XOR keystream

Kalit (hex): d1b7abf271b4c1287faa6199a2628343

Nonce (hex): 286e45b2729f9e8e

Shifrmatn (hex):

105855ef5c6c5b8857b245f0c82cda7864bbcc8a40f497057151f6f3bee1736e
e6ac65c91cb8

Buni ikki xil usulda yechish mumkin: keystream ni o'zingiz yig'ib XOR qilish, yoki tayyor AES.MODE_CTR dan foydalanish (nonce=nonce, initial_value=0).

Nazariya: mavzuni o'rganing
Maslahatlar 3
Maslahat ochilsa, bu masalani yechganingizda beriladigan ball kamayadi.
1-maslahat −4 ball Kirish
2-maslahat −8 ball Kirish
3-maslahat −12 ball Kirish
Bayroq yuborish uchun tizimga kiring.

Birinchi yechganlar

1. W.o.X 17.09.2026
2. Лазиз 04.10.2026
3. Mirjaxon Qaxxarov 27.10.2026
4. Odam 05.11.2026
This site is also available in your language.
English O'zbekcha