Skip to main content
· 277 views

“IT QUEENS — KELAJAKNI YARATUVCHI QIZLAR” INNOVATSION TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHI O‘TKAZILDI

“IT QUEENS — KELAJAKNI YARATUVCHI QIZLAR” INNOVATSION TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHI O‘TKAZILDI

📌Samarqand davlat universitetida talaba-qizlarning axborot texnologiyalari, dasturlash, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va raqamli innovatsiyalar sohasidagi bilimi hamda salohiyatini rivojlantirish maqsadida “IT Queens — kelajakni yaratuvchi qizlar” innovatsion tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
👥Tanlovda ishtirokchi talaba-qizlar o‘zlarining innovatsion loyihalari va texnologik ishlanmalarini hakamlar hay’atiga taqdim etdilar.
🎓Ishtirokchilarning loyihalari hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar — texnik sifat, funksionallik, innovatsionlik, amaliy ahamiyat va taqdimot mahorati asosida baholandi.

Unga ko'ra
Kiberxavfsizlik yo'nalishi bo'yicha - Sobirova Shaxina CyberDoctorAI loyihasi bilan;
Raqamli ta'lim yo'nalishi bo'yicha - Erkinova Charos KidsVideEdu loyihasi bilan;
Web dasturlash yo'nalishi bo'yicha - Tarmasheva Jasmina ScholarLink loyihasi bilan;
Dasturiy ta'minot yo'nalishi bo'yicha - Aslamova Sevara Tavlix loyihasi bilan;
Mobil ilovalar yo'nalishi bo'yicha - Sadullayeva Ruxshonalar g'oliblikni qo'lga kiritdim, viloyat bosqichiga qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritishdi.

💬“IT Queens — kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovi talaba-qizlarning innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish va IT sohasidagi tashabbuslarini rag‘batlantirishga qaratilgan muhim loyihalardan biridir.

Telegram | Instagram | You tube | Website

More news

27 Nov 2026
CYBERSAMSU.UZ — 1000 OBUNACHI!
26 Nov 2026
Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik — bitta soha emas, 12 ta alohida kasb!
26 Nov 2026
SamDU kiberxavfsizlik laboratoriyasiga Hindistonning Guru Nanak Dev Universitetining Computer Science kafedrasi mudiri professor Dr. Kuljit…