Skip to main content
· 271 views

Sizning o'rningizni sun'iy intellekt egallaydimi?

Sizning o'rningizni sun'iy intellekt egallaydimi?

Talabalardan ham, tanishlardan ham shu savolni tez-tez eshityapman: "Dasturchilar ishsiz qoladimi? Dizaynerlar-chi? Montajchilar? Kiberxavfsizlik mutaxassislari?"

Men savolga savol bilan javob berdim: siz o'zingizni rostan ham mutaxassis deb hisoblaysizmi?

Videoda:

▪️ Nega haqiqiy mutaxassislar "SI meni almashtiradimi?" deb so'ramaydi
▪️ Eng kuchli modellar yecha olmagan o'ndan ortiq masala va ularni qanday yechganim
▪️ Dasturchilarning uch toifasi: junior, middle, senior. Kim omon qoladi?
▪️ "Vayb-koder" kim va nega u intervyudan o'ta olmaydi
▪️ Talabalar uchun uchta oddiy qadam

Asosiy xulosam: sohangizni yaxshi bilmasangiz, sizning o'rningizni SI emas, SI'dan foydalana oladigan, sohaga aloqasi yo'q oddiy odam egallaydi.

Siz o'zingizni qaysi darajada ko'rasiz: junior, middle yoki senior? Izohda yozing 👇

@esanovme

More news

27 Nov 2026
CYBERSAMSU.UZ — 1000 OBUNACHI!
26 Nov 2026
Sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik — bitta soha emas, 12 ta alohida kasb!
26 Nov 2026
SamDU kiberxavfsizlik laboratoriyasiga Hindistonning Guru Nanak Dev Universitetining Computer Science kafedrasi mudiri professor Dr. Kuljit…