Bosh sahifa CTF Nima? CTF Masalalari Musobaqalar Reyting Nishonlar Kriptografik uskunalar O'rganish Simulyatorlar Haqida
Tizimga kirish (Telegram)
Mavzu tanlash
CTF Platformasi · v2.0

Kiberxavfsizlik
laboratoriyasi

100+ masala, haftalik musobaqalar va 18+ kriptografik uskuna. Web, Crypto, Forensics, OSINT va Reverse Engineering bo'yicha real-world ko'nikmalarni o'rganing.

Bepul ro'yxatdan o'tish
Telegram orqali
Sertifikat beriladi
samsu@ctf · web-01.task
samsu@ctf:~$ nmap -sV 10.10.42.18
Starting Nmap 7.94 ( https://nmap.org )
PORT STATE SERVICE VERSION
22/tcp open ssh OpenSSH 9.0
80/tcp open http nginx 1.24
443/tcp open https nginx 1.24
samsu@ctf:~$ curl http://10.10.42.18/admin --cookie "sid=' OR 1=1--"
✓ Welcome, admin!
samsu@ctf:~$ _
Web +250
SQL Injection — Login Bypass
Bayroq
flag{c4tch_th3_fl4g}
Sizning reyting
#12
+4 bu hafta
Platformaning Imkoniyatlari

Nima uchun bizni tanlashingiz kerak?

Talabalar, mutaxassislar va kiberxavfsizlik ishqibozlari uchun bir joyda hammasi.

100+ CTF Masalalari
Web, Crypto, Forensics, OSINT, Reverse Engineering va ko'plab kategoriyalarda masalalar.
CTF Musobaqalar
Haftalik va oylik CTF musobaqalari — real-time reyting va sovrinlar.
Reyting Tizimi
O'zingizni boshqalar bilan solishtiring — professional reyting va statistika.
Kriptografik Uskunalar
18+ onlayn tool — Caesar, Base64, Hash, Morse code va boshqalar.
Ta'lim Resurslari
Bepul darsliklar, video kurslar va writeup — beginner dan expert gacha.
Community
Telegram guruh — savol-javob, writeup sharing va networking.
CTF Nima o'zi?

Capture The Flag — kiberxavfsizlikning chempionat ko'rinishi

Capture The Flag (CTF) — bu kiberxavfsizlik bo'yicha haqiqiy musobaqa. Maqsad oddiy: har bir masala (challenge) ortida yashiringan maxsus matnni — bayroqni (flag) — topib tizimga yuborish. Ko'pincha bu flag{…} ko'rinishidagi maxsus belgi bo'ladi. Bayroqni topish uchun siz tahlil qilasiz, shifrlarni ochasiz, kodlarni qayta loyihalashtirasiz va zaifliklardan foydalanasiz — xuddi real hayotdagi xavfsizlik mutaxassisi kabi.

CTF musobaqalari dunyo bo'ylab eng nufuzli kiberxavfsizlik tadbirlari hisoblanadi: DEF CON CTF, Google CTF, PicoCTF, HackTheBox va TryHackMe — barchasi shu g'oyaga asoslangan. Google, Meta, Microsoft, OWASP kabi kompaniyalar o'z mutaxassislarini topish va o'rgatish uchun aynan CTF platformalaridan foydalanadilar. Toshkent, Samarqand va boshqa shaharlarda ham xalqaro CTF musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashayotgan jamoalar bor.

CyberSamSU platformasi sizni boshlang'ich darajadan ekspert darajasigacha olib boradi. Web hujumlari, kriptografiya, raqamli forensika, binary reverse engineering, OSINT, steganografiya — har bir yo'nalish bo'yicha o'nlab masalalar mavjud. Har bir yechilgan masala XP keltiradi, XP esa sizni reyting ierarxiyasida ko'taradi: Yangi Qadam → Shogird → Tergovchi → Xaker → Pro Xaker → Elite → Komandir → Sardor → Sohibqiron → Afsona.

Nima uchun CTF muhim? Chunki kiberxavfsizlikni faqat kitobdan o'rganib bo'lmaydi — u amalda o'rganiladi. CTF orqali siz haqiqiy hujum va himoya texnikalarini xavfsiz muhitda qo'llaysiz, o'z xatolaringizdan o'rganasiz va kompaniyalar yuqori baholaydigan "hacker's mindset" — xaker fikrlash uslubini rivojlantirasiz. Bu mahorat sizni Penetration Tester, Bug Bounty Hunter, SOC Analyst, Incident Responder yoki Security Researcher kasbiga olib boradi.

Offensive
Red Team · Hujum

Dushman ko'zi bilan qarash

Red Team — bu hujum mutaxassisi. Tizimning eng nozik joyini birinchi bo'lib topib, xavfsizlik kamchiliklarini real foydalanish orqali tasdiqlaydi. Sizning vazifangiz — penetratsiya testchining fikrlash uslubini o'zlashtirish va kompaniyalar yollaydigan ofensiv mutaxassisga aylanish.

Asosiy yo'nalishlar
  • Web Exploitation — XSS, SQLi, SSRF, IDOR
  • Binary Exploitation — BOF, ROP, heap
  • Reverse Engineering — IDA, Ghidra
  • Privilege Escalation — Linux & Windows
  • Active Directory hujumlari
  • OSINT & Social Engineering
Professional vositalar
Burp Suite Metasploit Nmap Ghidra Hashcat BloodHound Cobalt Strike SQLmap John
Defensive
Blue Team · Himoya

Qal'ani qo'riqlash san'ati

Blue Team — bu tizimlarni quruvchi va himoyalovchi mutaxassis. SOC analitik, incident responder, threat hunter — har biri o'zining mikroskopi bilan tahdidlarni izlaydi. Log fayllar, xotira dumplari, tarmoq trafigi — hammasi bir IoC (indicator of compromise) ni ochib berish uchun.

Asosiy yo'nalishlar
  • Security Operations Center (SOC)
  • Incident Response & Forensics
  • Memory & Disk Analysis
  • Network Defense & Firewall
  • Threat Hunting & Detection
  • SIEM Engineering & Log Analysis
Professional vositalar
Splunk Elastic SIEM Wireshark Volatility Suricata YARA Autopsy Velociraptor TheHive
Platforma Statistikasi

Raqamlarda CyberSamSU

339
Foydalanuvchilar
Ro'yxatdan o'tganlar
84
CTF Masalalari
Turli kategoriyalarda
0
Musobaqalar
O'tkazilgan va rejalashtirilgan
7440
Urinishlar
Barcha urinishlar

Kiberxavfsizlik sohasida karyerangizni boshlang

Bepul ro'yxatdan o'ting, birinchi masalani yeching va Samarqand jamoasiga qo'shiling.